16.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Luis Enrike: PSJning maqsadi – ketma-ket ikkita Chempionlar ligasida g’alaba qozonish

Luis Enrike: PSJning maqsadi – ketma-ket ikkita Chempionlar ligasida g’alaba qozonish

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

“Tarix yaratishda davom etish. Bu yerga kelganimning birinchi kunidanoq bu maqsadni ko’zlaganman. Ayni damda buni uddalayapmiz, lekin Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta g’alaba qozonish juda qiyin. Lekin bu bizning maqsadimiz. Biz juda ambitsiyamiz. Bu qiyin bo’lishini bilamiz, ammo bu mentalitet uchun bu normal holat. Hammasi o’zimizga, saviyamizga bog’liq bo’ladi”, – deydi Enrike.

O‘tgan mavsumda fransuz grandi turnir finalida “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Enrike shogirdlari ham Fransiya chempioniga aylanib, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.