13.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Luis Enrike italiyalik darvozabon PSJdan chetlatish qaroridan keyin Donnarumma haqida gapirdi

Luis Enrike italiyalik darvozabon PSJdan chetlatish qaroridan keyin Donnarumma haqida gapirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike 13 avgust kuni bo’lib o’tadigan UEFA Superkubogi uchun “Tottenxem”ga qarshi o’yinda italiyalik darvozabonni jamoa tarkibidan chetlatish qarori ortidan darvozabon Janluiji Donnarumma haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

“Maqsadim – jamoani yaxshilash. Ba’zida qarorlar qabul qilish qiyin. Men Donnarumma haqida faqat ijobiy gapirishim mumkin: shubhasiz, u o’z rolida eng kuchlilardan biri va inson sifatida u faqat hurmatga sazovor. Takror aytaman – bunday qarorlar hech qachon oson bo’lmaydi. Barcha tomonlar uchun eng yaxshi yechimni topish kerak edi”, – deya Enrike so’zlarini keltiradi RFI.

9 avgust kuni «PSJ» «Lill»dan darvozabon Lyuk Chevalier transferini elon qildi. Xabar qilinishicha, uni ispaniyalik murabbiy jamoaning yangi asosiy darvozaboni sifatida ko’rmoqda. Donnarumma keyinroq frantsuz gigantlarini tark etishini e’lon qildi. Italiyalik darvozabonning yangi klubi hozircha aniqlanmagan.