25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul yarim himoyachisi Florian Virts APL va Bundesliga o’rtasidagi farqni aytdi

Liverpul yarim himoyachisi Florian Virts APL va Bundesliga o’rtasidagi farqni aytdi

“Liverpul” futbolchisi Florian Virts Angliya Premer-ligasi va Germaniya Bundesligasi o’rtasidagi farqni tushuntirib berdi. Virts Mersisayd klubiga shu yozda kelib qo’shilgan edi. Yarim himoyachi avvalroq Leverkuzenning “Bayer” klubida o’ynagan.

“Bularni futbolning mutlaqo boshqa turlari deb ayta olmayman, bu yerda (Angliyada) ular bir xil o’yin o’ynashadi. Lekin bu erda, albatta, fizikaga ko’proq urg’u beriladi va, ehtimol, ko’proq yugurishingiz kerak. Raqiblar doimo yaqin, sizda shunchaki joy yo’q.

Ammo men bunga o’rganib qolganman — Bundesligada raqiblar ham menga alohida e’tibor qaratishgan», – deya Virts so’zlarini keltiradi Germaniyaning mashhur Kicker internet nashri.