14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul va Preston marhum Diogu Jota va ukasiga hurmat bajo keltirdi

Liverpul va Preston marhum Diogu Jota va ukasiga hurmat bajo keltirdi

Deepdaledagi mavsumoldi o’rtoqlik o’yinida Liverpul va Preston Nort End Ispaniyaning Zamora shahri yaqinida avtohalokatda vafot etgan Liverpul o’yinchisi Diogu Jotaning ukasi Andre Silvaga chuqur hurmat bajo keltirdi.

Bu o’yin Liverpul uchun fojiali voqeadan keyingi birinchi o’yin bo’ldi. Stadionni his-hayajonli muhit qamrab oldi, ikki klub ham o’z madhiyalarini — Prestonning “Can’t Help Falling in Love” va Liverpulning “You’ll Never Walk Alone” qo’shiqlarini ijro etishdi.

Preston kapitani Ben Uiteman Liverpul muxlislari oldida guldasta qo’yib, hurmat bajo keltirdi. Ikki jamoa o’yinchilari ham motam belgisi sifatida qora bilakbog’lar taqishdi.

Uchrashuvda Liverpul raqibini 3:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.