20.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul Frankfurt bilan Ekitike transferi bo’yicha 95 million yevroga kelishdi

Liverpul Frankfurt bilan Ekitike transferi bo’yicha 95 million yevroga kelishdi

Fabrizio Romanoning xabar berishicha, Hugo Ekitike ikki klub o’rtasida 95 million yevrolik transfer kelishuviga erishilgandan so’ng Liverpulga o’tish arafasida turibdi.

23 yoshli fransiyalik hujumchi — bir yil oldin PSJdan Frankfurtga o’tgan — The Reds bilan 2031 yilgacha olti yillik shartnoma imzolaydi.

Frankfurt hujumchilar savdosidagi mahoratini yana bir bor isbotladi — o’tgan yili 16,5 million yevroga sotib olingan Ekitikeni sotishdan 78,5 million yevro sof foyda oldi.

Ekitikening Enfildga kelishi yaqin orada klubni tark etishi kutilayotgan Darwin Nunezni o’rnini bosish uchun mo’ljallangan.

“Fransiyalik hujumchining Eintracht Frankfurtdan 90 million yevrodan ortiq, ehtimol 95 million yevrogacha yetadigan transfer kelishuvi mavjud,” deb yozdi Romano ijtimoiy tarmoqda.

-->