16.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul APL yangi mavsumni g’alaba bilan boshladi

Liverpul APL yangi mavsumni g’alaba bilan boshladi

“Liverpul” APL 1-turida o‘z maydonida “Bornmut”ni mag‘lub etdi — 4:2.

Uchrashuvning 37-daqiqasida mersisaydliklar safiga yangi kelgan Yugo Ekitike hisobni ochdi. 49-daqiqada Ekitikening uzatmasi Kodi Gakpo “qizillar”ning ustunligini dubl qildi.

Mehmonlar Antuan Semenyoning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’lishdi. Ganalik futbolchi 64 va 76-daqiqalarda gol urdi.

Mezbonlarning g‘alaba to‘pini 88-daqiqada Federiko Kyeza kiritdi. Yakuniy hisob yakunda Muhammad Saloh tomonidan o’rnatildi.