15.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul Nyukasl Yunayted hujumchisi Aleksander Isakni nishonga oldi

Liverpul Nyukasl Yunayted hujumchisi Aleksander Isakni nishonga oldi

ESPN xabar berishicha, Liverpul yozgi transfer oynasida Aleksander Isakni sotib olish bo’yicha Nyukasl Yunaytedga murojaat qilgan.

The Reds yangi hujumchi izlamoqda — bu vaziyat Napoli qiziqish bildirgan Darvin Nunezning kelajagi noaniq bo’lgan sharoitda yuzaga keldi. Liverpool shuningdek, yaqinda Luis Diaz uchun Bavariya Munxenning 67,5 million yevroli taklifini rad etdi.

Nyukasl Shvetsiya terma jamoasi hujumchisini sotishga qarshi qat’iy pozitsiyani egalladi — Isak The Magpies safida 102 ta o’yinda 62 ta gol urgan. Liverpul hali o’z nishonidagi hujumchi uchun rasmiy taklif bermagan.

Liverpul avvalroq Bayer Leverkuzendan Florian Virtzni 116 million funt sterlinggacha yetishi mumkin bo’lgan rekord transfer narxida sotib olgan edi. Shu bilan birga, Nyukasl hujumda Isak bilan juftlik hosil qilishi uchun Eintracht Frankfurt hujumchisi Ugo Ekitikeni qo’lga kiritishga harakat qilmoqda.