05.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpool motamda: Ispaniyada yulduz futbolchi fojiali halok bo’ldi

Liverpool motamda: Ispaniyada yulduz futbolchi fojiali halok bo’ldi

Diogo Jota va uning akasi André Silva — Ispaniyaning shimolida yuz bergan fojiali avtohalokatning qurbonlari — Portugaliyaning Matriz de Gondomar cherkovida dafn etiladi.

Halokat ular Angliyaga o’tish uchun Santander portiga yo’l olgan paytda sodir bo’ldi — Jota kelasi hafta boshida Liverpool bilan mashg’ulotlarni boshlashi kerak edi.

ESPN manbalarining tasdiqlashicha, Liverpool jamoadoshlari dafn marosimida qatnashish uchun Portugaliyaga uchadi. Portudan 33 kilometr masofada joylashgan Gondomar — 28 yoshli futbolchining vatani va karyerasi boshlangan joy.

Jamoadoshlar Andy Robertson, Mohamed Salah va Virgil van Dijklardan hamdardlik so’zlari kelmoqda. Murabbiy Arne Slot va klub egalari ham o’z ta’ziyalarini bildirdilar.

Liverpool kelasi hafta boshlanishi kerak bo’lgan mavsumoldi mashg’ulotlarini hurmat yuzasidan keyinga qoldirdi.