10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul Luis Diaz o’rniga Real Madrid yulduzini nishonga olmoqda

Liverpul Luis Diaz o’rniga Real Madrid yulduzini nishonga olmoqda

Liverul yozgi transfer oynasida Luis Diaz ketishini kutib — Real Madrid yulduzi Rodrygo Goesni o’z safiga qo’shish rejasini ishlab chiqdi.

28 yoshli kolumbiyalik qanotchi chap hujumchiga muhtoj bo’lgan Barselona va Bavariya Myunxen e’tiborini tortdi. The Reds Diaz uchun 80 million yevro narx belgiladi.

Caught Offside xabariga ko’ra, Liverpul Rodrygo’ni Diaz o’rniga asosiy nomzod sifatida ko’rmoqda — braziliyalik futbolchining Santiago Bernabeuda o’yin vaqti cheklangani sababli.

Diazning o’zi Enfilddagi faoliyatidan so’ng yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilmoqda, bu esa Liverpulni uning ketishiga tayyorlanishga majbur qilmoqda.