15.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul Darvin Nunezni Napoliga sotishga tayyorlanmoqda

Liverpul Darvin Nunezni Napoliga sotishga tayyorlanmoqda

Foot Mercato xabar berishicha, Darvin Nunez yozgi transfer oynasida Liverpuldan Napoliga o’tishga yaqin turibdi. O’tgan mavsumning Seriya A chempioni “Qizillar” bilan kelishuvga erishish ustida ishlamoqda.

26 yoshli hujumchi Napoli bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan — klub kelasi mavsum uchun hujum chizig’ini kuchaytirish niyatida.

Nunezning transfer holati Liverpulga katta takliflar berishga tayyor bo’lgan Saudiya Arabistoni ligasi klublarining qiziqishi bilan yanada qiziqarli tus olmoqda.

Asosiy hujumchisining ketish ehtimolini hisobga olgan Liverpul endi asosan Premier-liga klublaridan iborat bo’lgan nomzodlar ro’yxatini tuzishni boshladi.