15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Lids Kalvert-Lyuin bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

Lids Kalvert-Lyuin bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

“Lids Yunayted” o’zining rasmiy saytida “Everton”dan ketganidan so’ng klubga tekinga kelib qo’shilgan Dominik Kalvert-Lyuin bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolashdi.

O’tgan mavsumda Kalvert-Lyuin barcha turnirlarda 26 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umuman olganda, Dominik faoliyati davomida Premer-ligada 239 ta o’yin o’tkazib, 57 ta gol urgan.

Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 16 million yevroni tashkil qiladi. Hujumchi Angliya terma jamoasi safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.