09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Levandovskining jarohatidan keyin tiklanish vaqti ma’lum bo’ldi

Levandovskining jarohatidan keyin tiklanish vaqti ma’lum bo’ldi

“Barselona”ning 36 yoshli hujumchisi Robert Levandovski chap son qismidagi jarohat tufayli uch hafta maydonga tusha olmasligi mumkin, deb xabar beradi Ispaniyaning AS nashri.

Manba bergan xabarga ko’ra, polshalik futbolchi Ispaniya chempionatining dastlabki 3 turini o’tkazib yuborish xavfi bor, unda ko’k-anorranglilar “Malyorka” (16 avgust), “Levante” (23 avgust) va “Rayo Valekano” (31 avgust) bilan to’qnash kelishadi. Taxminlarga ko’ra, Levandovski xalqaro o’yinlardagi tanaffusdan so’ng, sentyabr o’rtalarida safga qaytishi kutilmoqda.

O’tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 52ta o’yin o’tkazib, 42ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.