09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Loren Mekes Red Bull Formula 1 jamoasining yangi rahbari etib tayinlandi

Loren Mekes Red Bull Formula 1 jamoasining yangi rahbari etib tayinlandi

Loren Mekes rasman Red Bull Formula 1 jamoasi rahbari lavozimini egalladi — bu Kristian Hornerning bugun to’satdan yakunlangan yigirma yillik rahbarligidan keyingi yangi davrni boshlab berdi.

Fransiyaning Tur shahrida tug’ilgan aerodinamika muhandisi — avtosport sohasidagi turli strategik lavozimlarda mustahkam karyera qurdi. Uning yo’li Arrous jamoasidan boshlandi, Minardida poyga muhandisi sifatida davom etdi va Toro Rossoda bosh muhandis lavozimigacha ko’tarildi.

Uning tajribasi FIAda xavfsizlik direktori va poyga direktori o’rinbosari sifatida yanada kengaydi — u formula mashinalar uchun halo tizimini ishlab chiqishda muhim rol o’ynadi. Keyinchalik, u o’tgan yil boshida Rasing Bulls jamoasini boshqarishdan oldin Ferrari bilan besh yil ishladi.

“U biznesni juda yaxshi tushunadi, muhandis sifatida boshlagan va keyin FIAda ishlagan,” dedi Frederik Vasser Mekies Ferrarini tark etganida.

Endi Mekesni Red Bullda eng katta sinov kutmoqda — jamoa hozirda yangi shamol tunelini quryapti, Ford bilan quvvat agregatlari ustida ishlamoqda va yaqinda Maks Verstappenning kelajagiga ta’sir ko’rsatgan ichki nizolarga duch keldi.