03.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Krishtianu Ronaldu Diogo Jotaning fojiali o’limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu Diogo Jotaning fojiali o’limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogo Jota va uning ukasi, portugaliyalik “Penafiel” futbolchisi Andre Silvaning vafoti haqidagi xabarga javob qaytardi. Sportchilar Ispaniyada avtohalokatda halok bo’ldi. Jota 28 yoshda, Silva 25 yoshda edi.

“Bu mantiqqa to’g’ri kelmaydi… Biz endigina terma jamoada birga edik, endigina uylangan edingiz… Oilangizga, ayollaringizga va farzandlaringizga hamdardlik bildiraman, ularga kuch tilayman. Bilaman, siz doimo ular bilan birga bo’lasiz. Joyilar jannatda bo’lsin Diogo va Andre. Hammamiz sizni sog’inamiz”, – deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.