05.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Korbin Albert PSJdan Lionga uch mavsumlik shartnoma bilan o’tdi

Korbin Albert PSJdan Lionga uch mavsumlik shartnoma bilan o’tdi

AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Korbin Albert Parij Sen-Jermendan OL Lionga 2028 yil iyungacha bo’lgan uch mavsumlik shartnoma bilan o’tdi, deya xabar bermoqda ESPN.

2022 yildan PSJdagi faoliyati davomida Albert barcha musobaqalarda 71 ta o’yinda ishtirok etib — Parij klubi uchun to’qqizta gol urdi.

AQSh terma jamoasida 26 ta o’yin o’tkazgan futbolchi o’tgan yili Parij Olimpiadasida oltin medal sovrindori bo’lgan jamoa tarkibiga kirgan edi.

Lionda Albert o’z vatandoshi, AQSh terma jamoasi kapitani Lindsey Heaps bilan birga o’ynaydi. Klub yaqinda Jonatan Giraldezni Avstraliya ayollar terma jamoasiga ketgan Joe Montemurro o’rniga bosh murabbiy etib tayinladi.

ESPN shuningdek, AQSh terma jamoasining yana bir yarim himoyachisi Lily Yohannes Amsterdamning Ayaksdan Lionga — taxminan 450 ming yevro va kelajakdagi transfer foizi evaziga o’tish arafasida ekanligini xabar qilmoqda.