15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Konor MakGregor UFC ro’yxatidan chiqdi

Konor MakGregor UFC ro’yxatidan chiqdi

Ikki vazn toifasida (66 kg gacha) va engil vaznda (70 kg gacha) sobiq chempion irlandiyalik Konor Makgregor Shimoliy Amerika ligasi jangchilari ro’yxatidan chiqarildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog’idagi UFC Roster Watch akkauntida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Konor ikki hafta oldin, 31-iyul kuni UFC jangchilarining doping-testlar havuziga qaytishini ma’lum qilgan edi.

Konor Makgregor 37 yoshda. Irlandiyalik 2021-yil iyulidan beri aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazmayapti, u UFC 264 turnirida birinchi raundda engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni unvonining sobiq sohibi amerikalik Dastin Puaryega texnik nokaut evaziga (oyoq jarohati) yutqazib qo‘ygandi. Umuman olganda, uning professional rekordi 22 g’alaba va olti mag’lubiyatni o’z ichiga oladi.