03.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Komo PSJ bilan Messining vorisi bo’lgan Argentina vunderkindi uchun raqobatlashmoqda

Komo PSJ bilan Messining vorisi bo’lgan Argentina vunderkindi uchun raqobatlashmoqda

Komo 1907 — Indoneziyalik tadbirkorlar egalik qiluvchi Italiya klubi ikkita argentinalik vunderkindni o’z safiga qo’shishga harakat qilmoqda, biroq Pari Sen-Jermen ularni qo’lga kiritish uchun allaqachon aniq qadamlar qo’ygan.

Argentina terma jamoasi ikki oy oldin 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritgan bo’lib, endi Chili va Kolumbiyaga qarshi o’yinlarda yosh futbolchilarga imkoniyat bermoqda.

Murabbiy Lionel Skaloni xalqaro o’yinlarda debyut qilmagan bir nechta yangi ismlarni chaqirdi:

  • Kevin Lomonako
  • Mariano Troylo
  • Enzo Barrenechea
  • Franko Mastantuono

Franko Mastantuono — River Pleytning 17 yoshli yarim himoyachisi bu ro’yxatdagi eng diqqatga sazovor futbolchi. Chap oyoqli o’yinchi standart holatlar, uzoq masofadan zarba berish va raqiblarni aldab o’tish bo’yicha ajoyib qobiliyatlarga ega bu xususiyatlar Yevropaning ko’plab top klublarini qiziqtirmoqda.

Hozirda River Pleyt safida to’p suruvchi Mastantuono o’zining tabiiy iste’dodi tufayli Argentina terma jamoasida Lionel Messining vorisi sifatida qaralmoqda.

-->