09.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Kolo Muani Turindagi muvaffaqiyatdan so’ng Yuventusga qaytishni xohlaydi

Kolo Muani Turindagi muvaffaqiyatdan so’ng Yuventusga qaytishni xohlaydi

PSJ hujumchisi Randal Kolo Muani yozgi transfer oynasida Yuventusga o’tish istagini bildirdi. U Italiya klubidagi muvaffaqiyatli ijara muddatidan so’ng shunday qarorga kelmoqda.

26 yoshli futbolchining PSJdagi vaziyati ko’ngildagidek emas — murabbiy Luis Enrike hujumda Usmon Dembeleni asosiy futbolchi sifatida tanlagani unga yoqmayapti. Kolo Muani bu mavsumning birinchi yarmida barcha musobaqalarda atigi 14 marta maydonga tushdi.

Qishki transfer oynasida Turinga o’tishi to’g’ri qaror bo’lib chiqdi — fransiyalik hujumchi Biankonri safida 19 ta o’yinda sakkizta gol urib, ikkita assist berdi.

-->