25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Klara Tauson sensatsion tarzda Aleksandra Ealaga yutqazdi — Filipin uchun tarixiy g‘alaba

Klara Tauson sensatsion tarzda Aleksandra Ealaga yutqazdi — Filipin uchun tarixiy g‘alaba

AQShning Flushing Meadows kortlarida bo‘lib o‘tgan Katta Dubulg‘a turniri – US Open birinchi bosqichida Filipin vakili Aleksandra Eala 14-raqam ostida saralangan tennischisi Klara Tausonni aqlbovar qilmas dramatik tarzda mag‘lub etdi.

Uchrashuv 6:3, 2:6, 7:6(11) hisobida yakunlandi. Eng hayratlanarlisi, Eala uchinchi setda 1:5 hisobida ortda qolgandi, biroq barcha imkoniyatlardan foydalanib, ketma-ket geymlarni yutib, setni tay-breykka olib chiqdi va nihoyat 13:11 hisobida yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba nafaqat Eala uchun, balki butun Filipin tennisi uchun tarixiy lahza bo‘ldi — u Katta Dubulg‘a turniri asosiy to‘rida g‘alaba qozongan birinchi filipinlik tennischi sifatida tarixga kirdi.

O‘yin tugagach, 19 yoshli Eala ko‘z yoshlarini yashira olmadi va:

“Bu men uchun ham, mamlakatim uchun ham unutilmas kun. Men taslim bo‘lmadim, oxirigacha kurashdim va natija shunga arziydi,” – deya ta’kidlab o‘tdi.

Bu haki endi birinchi raund, ishonchimiz komilki bunday sensatsion natijalar hali ko’p bo’ladi. Kuzatishda davom etamiz!