06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Kirnan Dyusberi-Xall Evertonga o’tdi

Kirnan Dyusberi-Xall Evertonga o’tdi

Yarim himoyachi Kirnan Dyusberi-Xoll “Chelsi”dan “Everton”ga o’tdi. Bu haqda Liverpul jamosi rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yilning yozigacha hisoblangan mehnat shartnomasini imzoladi.

O’tgan mavsumida yarim himoyachi 36 ta o’yinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi “Lester Siti” yoshlar tarbiyalanuvchisi bo’lib, u “Blekpul” va “Luton Taun” klublarida ham o’ynagan.

Yarim himoyachining faoliyati davomida Angliya chempionlik kubogi, Angliya Superkubogi, Konferentsiya ligasidagi g’alaba, shuningdek, klublar o’rtasidagi jahon chempionati kubogida g’alaba qozongan.