21.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Keterxem jamoasi Formula 1 ga qaytishi mumkin

Keterxem jamoasi Formula 1 ga qaytishi mumkin

Keterxem jamoasi 2027 yilda Formula 1ga qaytishi mumkin. Bu haqda Motorsport Week xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, loyiha bilan SKM Capital investitsiya firmasiga egalik qiluvchi 24 yoshli quvaytlik tadbirkor Saad Kassis-Muhammad shug‘ullanadi.

Katerxem jamoasi 2012 yildan 2014 yilgacha Formula 1da qatnashgan va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli chempionatni tark etgan.
Kompaniya Silverstoundagi (Buyuk Britaniya) texnik markazni ijaraga oldi va 2026 yil boshigacha Xalqaro avtomobil federatsiyasiga (FIA) ariza topshirish niyatida.

Eslatib o’tamiz, 2026 yilda Amerikaning Kadillak jamoasi Formula 1ga qo’shiladi.