01.09.2025
O'qish vaqti: 1 min

Karlitos navbatdagi chorak-finalga yo’l olmoqda

Karlitos navbatdagi chorak-finalga yo’l olmoqda

Ispaniyalik Karlos Alkaras fransiyalik Artur Rinderkneshni 7:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, 2025-yilgi AQSh ochiq chempionatining chorak finaliga ishonchli tarzda yo‘l oldi. Birinchi partiya teng kurash ostida o‘tib, tay-breykkacha yetib bordi. Bunda Alkaras sovuqqonlik va aniqlik bilan o‘ynab, setni 7:6 hisobida qo‘lga kiritdi. Ikkinchi setda u tezda breyk qildi va o‘yin oxirigacha ustunligini saqlab qoldi.

Uchinchi partiyada Rindernesh o‘yinga qaytishga urinsa-da, Alkaras o‘yinni ishonchli tarzda boshqarib, raqibiga vaziyatni o‘zgartirishga imkon bermadi. Natijada u uch setda g‘alaba qozonib, “Katta shlem” turniridagi navbatdagi chorak finaliga chiqdi.

Alkarasning keyingi raqibi chexiyalik tennischi Irji Lexechka bo‘ladi. U avvalroq Adrian Mannarinoni yengib, karyerasi davomida ilk bor AQSh ochiq chempionatining kuchli sakkizligiga kirgan edi. Ularning o‘yini turnirning ushbu etapidagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biriga aylanishi kutilmoqda.