23.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yuventus Portudan Fransisko Konseisaoni 32 million evroga sotib oldi

Yuventus Portudan Fransisko Konseisaoni 32 million evroga sotib oldi

Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko’ra, FC Portudan ijarada bo’lgan Fransisko Konseisao endi Yuventusning doimiy o’yinchisiga aylandi.

Yuventus portugaliyalik qanotchi uchun 30,4 million evro sarfladi — to’lov to’rt moliyaviy yil davomida amalga oshiriladi va qo’shimcha 1,6 million evro bonus to’lanadi.

“Yuventus Football Club SpA Fransisko Fernandes da Konseisaoning ro’yxatdan o’tish huquqlarini to’liq sotib olish bo’yicha Portu FK bilan kelishuvga erishganini e’lon qiladi,” deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Avvalroq Turinda bir mavsumni ijarada o’tkazgan futbolchi — endi Yuventus bilan 2030-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi.

“Bu yaxshi yangilik, chunki biz qora-oq libosda o’tkazgan birinchi davrida ajoyib o’yin ko’rsatgan Fransisko Konseisaoni yana kutib olmoqdamiz,” deya qo’shimcha qilindi bayonotda.

-->