16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jud Bellingem Londonda yelka operatsiyasini o’tkazadi

Jud Bellingem Londonda yelka operatsiyasini o’tkazadi

ESPN xabar berishicha, Real Madrid yarim himoyachisi Jud Bellingem chorshanba kuni Londonda chap yelka operatsiyasini o’tkazadi.

22 yoshli futbolchi Madridda o’tkazgan birinchi mavsumidan beri yelka muammolari bilan kurashib kelmoqda — taxminan 1.5 yil oldin Rayo Vallekano bilan o’yinda chiqqan jarohat.

“Men turnirdan keyin operatsiya qildiraman. Ayniqsa issiqda, fiksator bilan o’ynashdan charchadim. Yelkamni eski holatiga qaytarib olish yaxshi bo’ladi,” dedi Bellingem Pachuka ustidan 3:1 hisobidagi g’alabadan so’ng.

Borussia Dortmund sobiq futbolchisi oktyabr oyi boshigacha maydondan tashqarida qolishi, sakkiztagacha liga o’yini va Chempionlar Ligasi guruh bosqichi boshlanishini o’tkazib yuborishi kutilmoqda. O’tgan mavsumda Bellingem Los Blancos safida barcha musobaqalarda 58 ta o’yinda 15 ta gol va 15 ta assist qayd etgan.