18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jorge Martin Aprilia Racing bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirdi

Jorge Martin Aprilia Racing bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirdi

Jorge Martin Brno trassidasida, Chexiya Respublikasida bo’lib o’tadigan 2025 yilgi MotoGP Chexiya Gran-prisi 12-bosqichi oldidan Aprilia Racing bilan kelajagini tasdiqladi.

“Bu yerga qaytganimdan xursandman. Men 6 yoki 7 oy davomida juda qiyin kunlarni boshdan kechirdim, rostdan ham azob chekdim. 2026 yilda Aprilia bilan qolishimni aytishdan mamnunman,” dedi Martin matbuot anjumanida.

Martinator taxallusiga ega bo’lgan haydovchi Sepangdagi mavsumoldi sinovlaridan beri bir qator hodisalarni boshidan kechirgandan so’ng chiqish bandidan foydalanishni o’ylagan edi.

Uning eng og’ir jarohati o’tgan aprel oyida Qatar MotoGP poygonida yuz berdi — Martin yiqilib, orqadan boshqa haydovchi tomonidan urilgandan so’ng 12 ta qovurg’asi singan va nafas olishda qiyinchilik tug’dirgan pnevmotoraksga duchor bo’lgan.

-->