30.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jonni Evans “Manchester Yunayted”da lavozim topshirildi

Jonni Evans “Manchester Yunayted”da lavozim topshirildi

“Manchester Yunayted” o’zining rasmiy saytida sobiq himoyachi Jonni Evansning ijara va rivojlanish bo’limi boshlig’i etib tayinlanganini e’lon qildi.

Shimoliy irlandiyalik sobiq futbolchi “Manchester Yunayted”ning yoshlar ijarasi bo’limiga rahbarlik qiladi. Evansga klub direktori Jeyson Uilkoks va “qizil iblislar” akademiyasi direktori yordam berishadi.

2024/2025 yilgi mavsum oxirida Evans 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U “Manchester Yunayted” yoshlar tizimi mahsuli hisoblanadi. Umumiy hisobda Evans “qizil iblislar” safida 241 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Evans Chempionlar ligasi g’olibi, klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibi va “Manchester Yunayted” bilan uch karra Angliya chempioni.