03.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jonathan David Juventusga bepul o’tish arafasida

Jonathan David Juventusga bepul o’tish arafasida

Fabrizio Romanoning xabar berishicha, Lille bilan shartnomasi tugagan Kanada milliy terma jamoasi hujumchisi Jonathan David Juventusga o’tish bo’yicha og’zaki kelishuvga erishdi.

Bianconeri 25 yoshli futbolchini transfer to’lovisiz qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi — Turinga o’tishi uchun faqat agentiga komissiya to’lash kerak bo’ladi.

Bruklinda tug’ilgan hujumchi mahalliy vaqt bilan juma kuni ertalab tibbiy ko’rikdan o’tishi rejalashtirilgan — bu kelasi mavsumda Juventusning qora-oq libosini kiyishdan oldingi so’nggi qadam hisoblanadi.