31.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jon Heitinga Liverpuldan so’ng Ayaksga bosh murabbiy sifatida qaytdi

Jon Heitinga Liverpuldan so’ng Ayaksga bosh murabbiy sifatida qaytdi

Ayaks Jon Heitingani yangi bosh murabbiy etib tayinladi — u bu mavsumda PSVdan to’qqiz ochko ustunlikni boy berganidan so’ng iste’foga chiqqan Francesko Farioli o’rnini egalladi.

Heitinga — Ayaks safida 154 ta liga o’yinida ishtirok etgan va ikki yil oldin vaqtinchalik murabbiy bo’lgan. Vest Hem Yunayted va Liverpulda yordamchi murabbiylik vazifasini bajarganidan so’ng klubga qaytmoqda.

“Men ishlarni boshlab yuborishga juda ham hayajonliman. Angliyadagi so’nggi yillar menga ko’p foyda keltirdi. Men Devid Moyes va Arne Slot yonida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ldim, shuningdek, ikki yirik klubning ishlash tizimini yaqindan ko’rdim,” dedi Heitinga.

Nederlandiya milliy termasining sobiq himoyachisi ajoyib o’yinchilik faoliyatiga ega — u Atletiko Madrid, Gerta Berlin, Everton va Fulhem uchun o’ynagan, shuningdek, Nederlandiya bilan Jahon chempionatining kumush medali sohibi bo’lgan.

Ayaksning texnik direktori Aleks Kroes Heitinganing kelishini ijobiy kutib oldi — “Jon katta g’ayratga ega yaxshi murabbiy. U maqsadli va o’tgan yillar davomida Premier-liga va Chempionlar ligasida tajriba tuplay oldi.”

-->