25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jessika Pegula Mayar Sherifni mag’lub etib, US Open ikkinchi bosqichiga chiqdi

Jessika Pegula Mayar Sherifni mag’lub etib, US Open ikkinchi bosqichiga chiqdi

Dunyoning 4-raqamli Jessika Pegula (AQSh) US Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi. U birinchi davra uchrashuvida misrlik Mayar Sherifni (104-o‘rin) 6:0, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 1 soat 11 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Pegula bitta eys amalga oshirdi, uchta qo’sh xato qildi va to’qqizta breyk-poyntdan oltitasini ochkoga aylantirdi. Sherifda eys yo’q edi, bitta qo’sh xato va ettita breykdan ikkitasini yuta oldi.

Pegula keyingi bosqichda rossiyalik tennischi Anna Blinkovaga (78) qarshi kortga chiqadi.

US Open 24 avgustdan 6 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirning umumiy mukofot jamg’armasi 90 million dollarni tashkil qiladi. Turnirning amaldagi g‘olibi belaruslik Arina Sabalenka hisoblanadi.