16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jenson Batton 2026-yilgi WEC chempionatidan voz kechdi

Jenson Batton 2026-yilgi WEC chempionatidan voz kechdi

2009-yilgi Formula-1 jahon chempioni Jenson Batton 2026-yilgi mavsumda Jota Kadillak jamoasi bilan Jahon Chidamlilik Chempionatida (WEC) ishtirok etmasligini e’lon qildi.

Jota bilan 2025-yilgacha shartnomasi bo’lishiga qaramay — Batton to’liq poyga dasturini davom ettirmaslikka qaror qildi, ammo bu poygalardan butunlay ketish emasligini ta’kidladi.

“Hayot juda band bo’lib ketdi, ko’p narsalar sodir bo’lyapti. Kelajak haqida ko’proq o’ylashim va oilam bilan ko’proq vaqt o’tkazishni xohlayman,” dedi Batton.

Britaniyalik haydovchi 2026-yilda poygalarda qatnashishni rejalashtirmoqda, ammo to’liq mavsumni emas. NASCAR Cup Series’ga qaytish mumkinligi haqidagi savolga Batton shunchaki “Balki, ko’ramiz” deb javob berdi.

Interlagosda Kadillakning WECdagi birinchi g’alabasini ta’minlagan Jota jamoasi rahbari Sam Hignett, kelgusi mavsumda haydovchilar tarkibida o’zgarish bo’lishini tasdiqladi. Batton o’rniga kim kelishi haqidagi e’lon noyabr oyida Bahraynda bo’lib o’tadigan WEC mavsumi finalidan keyin qilinadi.