14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jahon chempioni bo’lgan murabbiy O’zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Jahon chempioni bo’lgan murabbiy O’zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin
O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yo’llanmasini muddatidan oldin qo’lga kiritganidan xabaringiz bor.

“Championat.asia” sayti malumotiga ko’ra, O’zbekiston futbol Assotsiatsyasi germaniyalik mashhur mutaxassis Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib bormoqda. Lyov terma jamoani boshqarishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o’sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o’shandan beri hech qaerda ishlamagan.

Malumot uchun, O’zbekiston milliy terma jamoasining ayni paytdagi bosh murabbiyi Timur Kapadze hisoblanadi. Srechko Katanec ketganidan keyin Timur Kapadze bilan tuzilgan shartnoma hali uzaytirilmagan.