12.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi qur’asi bo’yicha guruhlar taqsimoti ma’lum bo’ldi

Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi qur’asi bo’yicha guruhlar taqsimoti ma’lum bo’ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko’ra, Jahon chempionati 2026 saralash Osiyo mintaqasi to’rtinchi bosqichi qur’asi uchun guruhlar taqsimoti — oshkor bo’la boshladi.

To’rtinchi bosqichga chiqqan olti jamoa uch xil guruhga bo’lindi. Qatar va Saudiya Arabistoni 1-guruhda, Iroq va Birlashgan Arab Amirliklari 2-guruhda, Ummon va Indoneziya milliy terma jamoasi 3-guruhda joy oldi.

Qur’a tashlash marosimi 2025 yil 17 iyul kuni Yaponiyaning Osaka shahrida bo’lib o’tadi. FIFA hali qur’a tashlash tartibini rasman e’lon qilmadi — oldingi bosqich tajribasiga ko’ra, e’lon tadbirdan olti kun oldin qilinadi.

-->