17.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Italiya 28 yillik tanaffusdan so’ng Evro-2025 yarim finaliga chiqdi

Italiya 28 yillik tanaffusdan so’ng Evro-2025 yarim finaliga chiqdi

Murabbiy Andrea Sonkin boshchiligidagi Italiya ayollar milliy jamoasi Jenevada Norvegiya ustidan 2:1 hisobidagi g’alabadan so’ng 28 yil ichida birinchi marta Yevropa chempionati yarim finaliga chiqdi.

Cristiana Girelli ikki gol urib o’yin qahramoniga aylandi — jumladan, Italiyani Evro-2025 yarim finaliga olib chiqqan 90-daqiqadagi hal qiluvchi gol.

“Bu men va bizni juda faxrlantiradi,” dedi Sonkin RAIga. “Biz oldingi yillarda bo’lgan va harakatga turtki bergan insonlarga minnatdorchilik bildirshimiz kerak.”

“Bu nafaqat bizning g’alabamiz, balki butun Italiya ayollar futbolining g’alabasi,” dedi milliy jamoa uchun 61-golini urgan Girelli. “Yevropaning to’rttalik safida bo’lish — bu ro’yobga chiqqan orzu.”

Italiya yarim finalda Angliya va Shvetsiya o’rtasidagi g’olib bilan uchrashadi — bu ularning 2019 yilgi Jahon chempionatidan keyingi eng yaxshi natijasi bo’ldi.