09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ispaniyada Diogu Jotaning halokat tekshiruvi natijalari e’lon qilindi

Ispaniyada Diogu Jotaning halokat tekshiruvi natijalari e’lon qilindi

Record xabar berishicha, Guardia Civil Liverpul hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva Ispaniyada halok bo’lgan fojiali avtohalokatning tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Fojiali hodisa Samora viloyatining Sernadilla hududiga yaqin A-52 avtomagistralida sodir bo’ldi — Jota boshqarayotgan Lamborjini yarim tundan keyin yo’ldan chiqib ketdi.

Tekshiruv natijalari Jota halokat paytida Lamborjini Uracan rulida bo’lganini ko’rsatdi — transport vositasi Ispaniya avtomagistrallarida belgilangan 120 kilometr soatlik maksimal tezlik chegarasidan oshib ketgan.

Jota foydalangan supersport avtomobili 640 ot kuchiga ega 5,2 litrlik V-10 dvigatel bilan jihozlangan — yuqori tezlikka mo’ljallangan texnik xususiyatlari mavjud.