23.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Inter Diufning Lansdan transferini e’lon qildi, transfer summasi 25 million yevro

Inter Diufning Lansdan transferini e’lon qildi, transfer summasi 25 million yevro

“Inter” o’zining rasmiy sayti orqali “Lans”dan markaziy yarim himoyachi Endi Diuf transferini e’lon qildi.

Jurnalist Fabritsio Romano o’zining X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi “neradzurri” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Italiya grandi Diufning transferi uchun 25 million yevro to‘lagan.

Yarim himoyachi 2023-yilning yozidan buyon “Lans” safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda Diuf barcha turnirlarda 37ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.