01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Iliya Topuriya UFC jangchilari reytingida Islom Maxachevni ortda qoldirdi

Iliya Topuriya UFC jangchilari reytingida Islom Maxachevni ortda qoldirdi

O’tgan dam olish kunlari Las-Vegasda (AQSh) bo’lib o’tgan UFC 317 turniridan so’ng amerikalik jangovar promouterlik UFC reytingi yangilandi.

Yengil vazn toifasida (70 kg gacha) yangi chempion, gruziyalik Iliya Topuriya vazn toifasidan qat’i nazar, rossiyalik Islom Maxachevni quvib o’tib, tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingida birinchi o’rinni egalladi.

UFC Pound-For-Pound reytingi:

  1. Islom Maxachev (Rossiya);
  2. Merab Dvalishvili (Gruziya);
  3. Dricus du Plessis (Janubiy Afrika);
  4. Aleksandr Pantoja (Braziliya);
  5. Aleksandr Volkanovski (Avstraliya);
  6. Magomed Ankalaev (Rossiya);
  7. Jek Della Maddalena (Avstraliya);
  8. Tom Aspinall (Buyuk Britaniya);
  9. Aleks Pereyra (Braziliya).