09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Iga Sviantek Lyudmila Samsonovani mag’lubiyatga uchratib Uimbldon-2025 yarim finaliga chiqdi

Iga Sviantek Lyudmila Samsonovani mag’lubiyatga uchratib Uimbldon-2025 yarim finaliga chiqdi

Dunyoning 19-pog’onasi rossiyalik Lyudmila Samsonova “Uimbldon-2025” chorak finalida polshalik tennischi Iga Sviantekdan (4-o’rin) mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. 1 soat 48 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:2, 7:5 hisobida Sviantekning g’alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv davomida Shviantek uchta eysni bajardi, uchta dabl xatoni amalga oshirdi va oltita breyk-poyntining to’rttasini ochkoga aylantirdi. Samsonovada eys yo’q, beshta qo’sh xato va 10 ta breyk-poyntdan ikkitasini o’z foydasiga hal qildi.