13.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Gvardiolaning Rodrigoning Realdan Man Sitiga o’tishiga munosabati ma’lum bo’ldi

Gvardiolaning Rodrigoning Realdan Man Sitiga o’tishiga munosabati ma’lum bo’ldi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real”ning braziliyalik vingeri Rodrigo Goesning ashaddiy muxlisi va uning transfer variantini ilgari surmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” “Tottenxem”ga faol qiziqish bildirayotgan vinger Savio ketgan taqdirda Rodrigo nomzodini ko’rib chiqmoqda.

“Qaymoqranglilar” o’zi xohlasa, futbolchining ketishiga to’sqinlik qilmasligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Qayd etilishicha, “Real” Rodrigo uchun taxminan 100 million yevro so‘raydi.

O’tgan mavsumda 24 yoshli braziliyalik barcha musobaqalarda 54 ta o’yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.