23.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Gvardiola Fodenni jahon chempionatiga olib borishini tasdiqladi

Gvardiola Fodenni jahon chempionatiga olib borishini tasdiqladi

Pep Gvardiola Pil Fodenni to’piq jarohati tufayli dam olishga muhtoj bo’lishiga qaramay klublar o’rtasida o’tadigan jahon chempionati uchun Manchester Citi tarkibida qolishini ma’lum qildi.

24 yoshli yarim himoyachi kelgusi oyda Andorra va Senegalga qarshi o’yinlar uchun Angliya termasiga chaqirmaslikni so’ragan. O’tgan yili Premier-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Foden — bu mavsumda yoqori darajada o’yin ko’rsata olmadi.

“Asosan, u Amerikaga boradi,” deydi Gvardiola. “Biz unga yordam bermoqchimiz, bu eng muhimi. Unga dam kerak va bu yakshanba kunidan keyin bo’ladi. Men faqat u o’zini yaxshi his qilishini xohlayman, uning maydondagi o’yini meni qiziqtirmaydi.”

Shu bilan birga, Jeyms Makati va Riko Lyuisning ishtirok etishi bo’yicha noaniqlik mavjud. Ular 12 iyunda boshlanadigan Yevropa chempionatida Angliya U-21 termasiga ham kerak, bu Sitining Floridaga jo’nab ketishi bilan bir vaqtga to’g’ri keladi.

Gvardiola shuningdek, AC Milanga ijaraga berilgan Kayl Uaker Etihad stadionida bir yillik shartnomasi qolishiga qaramay, turnir uchun jamoaga qo’shilmasligini tasdiqladi.

-->