02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Girassining dubli “Borussiya D”ga JCh-2025 1/8 finalida Monterrey ustidan g‘alaba qozondi

Girassining dubli “Borussiya D”ga JCh-2025 1/8 finalida Monterrey ustidan g‘alaba qozondi

2 iyul ertalab Atlantadagi (AQSh, Jorjiya) “Mercedes-Benz” stadionida Germaniyaning “Borussiya Dortmund” hamda Meksikaning “Monterrey” klublari o‘rtasidagi 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final uchrashuvi yakuniga yetdi.

14-daqiqada “Borussiya” hujumchi Seru Girassining aniq zarbasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada forvard dubl qayd etib, nemis klubining farqini ikki barobarga oshirdi.

48-daqiqada “Monterrey” hujumchisi German Berterame meksikaliklar darvozasiga bitta gol kiritdi. Yakuniy hisob 2:1 “Borussiya” ning g’alabasi.

“Borussiya”ning chorak finaldagi raqibi “Real Madrid” bo’ladi.