22.08.2025
O'qish vaqti: 2 min

Forbes 2025-yilda eng ko‘p daromad topgan tennischilar

Forbes 2025-yilda eng ko‘p daromad topgan tennischilar

Forbes jurnali 2025-yilda eng ko‘p daromad topgan tennischilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, dunyo tennisi yulduzlari nafaqat kortdagi yutuqlari, balki reklama shartnomalari va boshqa tijoriy kelishuvlar orqali ham ulkan mablag‘ ishlab topgan.

Reytingda birinchi o‘rinni ispaniyalik Karlos Alkaras egalladi — u so‘nggi bir yil ichida 48,3 million dollar daromad ko‘rgan, shundan 35 million dollari sportdan tashqari manbalardan tushgan. Uning ortidan italiyalik Yannik Sinner 47,3 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Uchinchi o‘rinda esa amerikalik Koko Gauff 37,2 million dollar daromad bilan joy oldi.

To‘rtinchi pog‘onaga 29,6 million dollar bilan serbiyalik afsona Novak Djokovich chiqdi. Undan keyingi o‘rinlarda belaruslik Arina Sabalenka (27,4 million), xitoylik Qinwen Zheng (26,1 million) va polyak tennischisi Iga Shvyontek (24 million) qayd etildi.

Bundan tashqari, amerikaliklar Teylor Fritz va Frensis Tiafo mos ravishda 15,6 va 15,2 million dollar daromad bilan ro‘yxatdan o‘rin oldi. Reytingni rossiyalik Danil Medvedev 14,3 million dollar bilan yakunladi.

Forbes ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, tennischilarning daromadlari faqat turnir g‘alabalari bilan cheklanmaydi. Reklama shartnomalari, homiylik bitimlari va boshqa tashqi loyihalar sportchilarga katta moliyaviy imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, yosh yulduzlar — Alkaras va Gauff kabi sportchilar tobora ko‘proq tijoriy qiziqish uyg‘otmoqda, tajribali Jokovich va Medvedev esa hanuz yuqori daromadli sportchilar qatorida qolmoqda.