04.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Fojia: Diogo Jota va ukasi Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi

Fojia: Diogo Jota va ukasi Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi

Futbol olami Liverpul hujumchisi Diogo Jota va ukasi Andre Silva Ispaniyada avtohalokatda vafot etgani haqidagi xabardan larzaga keldi.

Fojia Zamora hududidagi A-52 avtomagistralining 65-kilometrida sodir bo’ldi — ularning avtomobili quvib o’tish paytida shinasi yorilishi oqibatida to’siqqa urilib, yonib ketdi.

Liverpulda muvaffaqiyatga erishishdan oldin, Jotaning karyerasi dadil qaror bilan boshlangan — u suzish darslaridan voz kechib, yoshligida futbol o’ynash uchun o’z mablag’larini sarflashga tayyor bo’lgan.