12.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Fiorentina” Pioli bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi

“Fiorentina” Pioli bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi

Italiyalik Stefano Pioli rasman “Fiorentina” bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda futbol klubi sayti.

59 yoshli mutaxassis bilan kelishuv 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Pioli avvalroq 1989 yildan 1995 yilgacha futbolchi sifatida “Fiorentina”da o‘ynagan va 2017 yildan 2019 yilgacha jamoani boshqargan.

Piolining “Fiorentina”dagi murabbiylar shtabida yordamchisi Andrea Tarotsi; texnik yordamchilar Janmarko Pioli, Jessi Andrea Fioranelli, Rikkardo Taddei va Aleksander Nieselik; fitnes murabbiylari Matteo Osti, Roberto Peressutti va Alessio Butini; tahlilchilar Martino Vignali va Andrea Tordi; va darvozabonlar murabbiylari Giorgio Bianchi va Alessandro Dall’Omo.