21.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

FIFA Yevropa klublarining har ikki yilda o’tkaziladigan Klub jahon chempionati taklifini rad etdi

FIFA Yevropa klublarining har ikki yilda o’tkaziladigan Klub jahon chempionati taklifini rad etdi

ESPN xabariga ko’ra, bir qator yirik Yevropa va Janubiy Amerika klublari — jumladan Real Madrid — daromadlarini oshirish uchun Klub jahon chempionatini har ikki yilda o’tkazishni taklif qilishdi.

FIFA so’nggi turnirda ishtirokchi jamoalarga 1 milliard dollar taqsimladi — bu summani har ikki yilda shakllantirish imkonsiz deb topildi. Yarim finalga chiqqan Real Madrid 82,5 million dollar, g’olib Chelsi esa 114,6 million dollar oldi.

“Real Madridning bir o’yini 20 million yevro turadi, FIFA esa bizga butun musobaqa uchun shu summani bermoqchi. Salbiy. Biz kabi, boshqa klublar ham taklifni rad etishadi,” dedi Real Madridning sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti.

FIFA keyingi turnirni 2029 yilda o’tkazishni rejalashtirmoqda, zarur infratuzilmaga ega bo’lgan Qatar — mezbonlik nomzodlaridan biri. Biroq, ob-havo sharoitlari tufayli turnirni dekabr oyida o’tkazish zarur.

-->