31.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Everton Flamengoning Karlos Alkarazni doimiy sotib oldi

Everton Flamengoning Karlos Alkarazni doimiy sotib oldi

ESPN Brasil ma’lumotiga ko’ra, Flamengoga tegishli futbolchi Karlos Alkaraz Everton bilan doimiy shartnoma imzoladi va  transfer narxi turli bonuslar bilan 13 million funt sterlinggacha yetishi mumkin.

Argentinalik yarim himoyachisi dastlab yanvar oyida Premier-liga klubiga ijaraga kelgan va 15 ta liga o’yinida ikki gol urgan.

O’tgan yili Sautgemptondan sotib olinganda Flamengoning eng qimmat transferi bo’lishiga qaramay, Alkaraz Braziliyada kutilgan natijani bermadi. Ammo David Moyes qo’l ostida o’zining eng yaxshi formasini topa oldi.

21 yoshli futbolchining eng muhim lahzalaridan biri Nyukasl Yunayted bilan o’tkazilgan so’nggi o’yinda Everton uchun g’alaba golini urishi bo’ldi. Bu klub uni 2027 yilgacha shartnoma bilan doimiy sotib olish huquqini tezlashtirishiga olib keldi.

-->