27.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Emmanuel Peti Yamal haqida: Lamin menga Messini eslatadi

Emmanuel Peti Yamal haqida: Lamin menga Messini eslatadi

Fransiyalik sobiq futbolchi Emmanuel Peti “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal haqida gapirib, uni “Blaugrana”ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bilan solishtirdi. Messi hozirda Amerikaning “Inter Mayami” klubida o’ynamoqda.

“U menga o’ng qanotdagi Messini eslatadi. Har safar to’pga tekkanida xavf tug’diradi. Odatda Lamin o’z zonasiga ikki yoki hatto uchta raqibni o’ziga tortadi, bu esa jamoadoshlariga bo’sh joy ochadi. Shuning uchun “Barsa” juda xavfli. Rafinya va ajoyib yarim himoyaga ega bo’lsa, xavf istalgan joydan kelishi mumkin.

Men ko‘plab jamoalar Yamalga qarshi ikki yoki uchta futbolchini maydonga tushirib, himoyalanishga urinayotganini ko‘rganman, ammo bu ish bermayapti”, — deya Peti so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning AS internet nashri.