25.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Emma Radukanu ishonchli tarzda Naomi Osakani mag’lub etdi va Vashingtondagi turnirning chorak finaliga chiqdi

Emma Radukanu ishonchli tarzda Naomi Osakani mag’lub etdi va Vashingtondagi turnirning chorak finaliga chiqdi

2021-yilgi US Open chempioni, jahonning 46-raqamli britaniyalik tennischisi Emma Radukanu Vashingtonda (AQSh) o‘tkazilayotgan WTA-500 turnirining chorak finaliga chiqdi.

Radukanu ikkinchi davrada yaponiyalik tennischi, dunyoning 51-raqami Naomi Osakani mag’lub etdi. Uchrashuv 6:4, 6:2 hisobida yakunlandi.

Radukanu – Osaka uchrashuvi 1 soatu 20 daqiqa davom etdi. Uning davomida Emma to’rtta eysni bajardi, bitta qo’sh xato qildi va to’rtta breyk-poyntdan uchtasini ochkoga aylantirdi. Naomi beshta eys, ettita qo’shaloq xato va bitta breykga ega bo’lib yuta olmadi.

-->