22.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ekitike transferidan so’ng Chelsea Nicolas Jacksonga yuqori narx qo’ydi

Ekitike transferidan so’ng Chelsea Nicolas Jacksonga yuqori narx qo’ydi

Sky Sports xabariga ko’ra, Liverpool Hugo Ekitike uchun 79 million funt sterling to’lashga rozi bo’ldi — bu summa 69 million funt sterling transfer to’lovi va 10 million funt sterling bonusdan iborat.

Bu transfer kelishuvi Chelsea siyosatiga bevosita ta’sir ko’rsatdi — G’arbiy London klubi hujumchisi Nicolas Jackson uchun yuqori narx belgiladi.

Hozirda Ekitike tibbiy ko’rikdan o’tish uchun Mersisaydga yo’l olgan — 23 yoshli futbolchi Liverpulning Gonkong va Yaponiyadagi mavsumoldi turneda ishtirok etishi kutilmoqda.

-->