10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Dyokereshning debyut goli Arsenalga o’rtoqlik uchrashuvida Atletikni mag’lub etishga yordam berdi

Dyokereshning debyut goli Arsenalga o’rtoqlik uchrashuvida Atletikni mag’lub etishga yordam berdi

Londonning “Arsenal” klubi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning “Atletik” Bilbao klubini mag‘lub etdi. Uchrashuv Londondagi (Angliya) “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:0 hisobida yakunlandi.

Gollarni London klubi safida ilk bor gol kiritgan Viktor Dyokeresh (34-daqiqa), Bukayo Saka (36-daqiqa) va Kay Haverts (82-daqiqa) mualliflik qilishdi.

17 avgust kuni Angliya premer-ligasining birinchi turida Mikel Arteta shogirdlari safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Shu kuni Ernesto Valverde boshchiligidagi “Atletik” Ispaniya chempionatining 1-turi doirasida “Sevilya”ni qabul qiladi.

O’tgan mavsumda “Arsenal” “Liverpul”ga yutqazib, Angliya chempionati jadvalida ikkinchi o’rinni egalladi. “Atletik” La Ligada to’rtinchi bo’ldi.