02.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Doue Chempionlar Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi unvonini Yamalni ortda qoldirib qo’lga kiritdi

Doue Chempionlar Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi unvonini Yamalni ortda qoldirib qo’lga kiritdi

Reuters xabar berishicha, PSJlik Desir Doue Barselonaning yosh iste’dodi Lamin Yamalni ortda qoldirib, Chempionlar Ligasining mavsumning eng yaxshi yosh o’yinchisi mukofotini qo’lga kiritdi.

19 yoshli qanot futbolchisi final o’yinida ajoyib o’yin ko’rsatdi va Achraf Hakimining hisobni ochuvchi golida assist berib, so’ng o’zi ikkita gol urdi va PSJ Inter Milanni 5:0 hisobida mag’lub etdi.

Usmon Dembele ham UEFAdan Chempionlar Ligasining mavsumning eng yaxshi o’yinchisi mukofotini oldi. 28 yoshli futbolchi mavsumning boshida qiyinchiliklarga qaramay, turnir davomida sakkizta gol urdi.

“Men Oltin To’pni Usmon Dembelega bergan bo’lardim,” dedi murabbiy Luis Enrike.  “Uning bugungi o’yini Oltin T’opga arziydigan darajada edi. Jamoani shunday boshqarish kerak — gollar, kubok, yetakchilik, himoya va pressing.”

PSJ Chempionlar Ligasining mavsum ramziy termasida yetti nafar futbolchisi bilan ustunlik qildi, finalchi Inter Milan esa faqat bitta vakil bilan chegaralandi.

  • Darvozabon: Gianluigi Donnarumma (PSJ)
  • Himoyachilar: Achraf Hakimi (PSJ), Markinyos (PSJ), Alessandro Bastoni (Inter), Nuno Mendes (PSJ)
  • Yarim himoyachilar: Vitiniya (PSJ), Deklan Rais (Arsenal)
  • Hujumchilar: Lamin Yamal (Barselona), Desere Doue (PSJ), Usmon Dembele (PSJ), Rapinya (Barselona)
-->